Tashkent, April 24 -- 24 aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida yuk tashish karasi yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 24 aprel kuni soat 16:54 da Toshkent shahar Olmazor tumani Chuqursoy ko'chasida joylashgan ob'ekt hududida yuk tashish karasida yong'in sodir bo'layotgani to'g'risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko'ra, yong'in-qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga soat 17:01 da yetib borib, yong'in soat 17:13 da o'chirilgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida halok bo'lgan va jabrlanganlar yo'q.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....