Tashkent, April 22 -- Toshkentda YPXdan qochib, bir necha avtomobillarga shikast yetkazgan Gentra'da bo'lganlarning 3 nafari 7 sutkaga qamalgani xabar qilingandi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan qo'shimcha ma'lumot berdi.

19-aprel kuni fuqaro J.O. otasi nomida bo'lgan Gentra'ni (davlat raqami yechilgan) tanishi, haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lmagan ayol - S.P.ga boshqarish uchun berib, o'zi avtomashinaning oldi yo'lovchi o'rindig'ida kelgan, orqa o'rindig'ida uch nafar ularning tanishlari P.G., Q.D., R.B. bo'lgan.

Ular Chilonzor tumani THAY-Chorbog' ko'chasida tartibsiz harakatlanib, dastlab Damas'ni urib yuborib, shikast yetkazgan. Shunda ushbu yo'nalishda xizmat olib borayotgan YHXB xodimlari ularga to'xtash buyrug'ini bergan bo'lsa-...