Tashkent, June 14 -- Joriy yilning 13 iyun kuni soat 19:45 larda Yangihayot tumani Qipchoq - Qo'rg'ontepa ko'chalari chorrahasida yo'l-transport hodisasi yuz berdi.

Haydovchi, 2004 yilda tug'ilgan E.A. boshqaruvidagi Spark rusumli transport vositasi va 1979 yilda tug'ilgan D.J. boshqaruvidagi Ford rusumli transport vositasi o'zaro to'qnashishi oqibatida yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo'q.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....