Tashkent, June 28 -- Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro ichki ishlar organlari xodimiga qarshilik ko'rsatayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo'lmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 21-iyun kuni taxminan soat 14:30 larda Uchtepa tumani, 31-mavzesi hududida ikki nafar fuqaro tortishib qolgan va tomonlar o'zaro janjallashib ketgan. Janjal vaqtida fuqaro U. M. o'tkir tig'li jism bilan fuqaro N. T. ga tan jarohati yetkazgan hamda hodisa joyidan yashiringan. Natijada jabrlanuvchi "chap ko'krak qismining sanchilgan-kesilgan jarohati" tashxisi bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan hududiy profilaktika inspektori O. Abdullayev mazkur jinoyatn...