Tashkent, June 27 -- Ijtimoiy tarmoqlarda Olx onlayn savdo platformasiga 3 yoshli bola sotuvga qo'yilganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan o'rganildi.

Qayd etilishicha, Ichki ishlar organlari tomonidan o'tkazilgan tezkor-qidiruv choralari natijasida onlayn-savdo platformasiga mazkur e'lon qay manzil va qaysi akkauntdan joylashtirilgani tez fursatda aniqlandi.

Ma'lum bo'lishicha, Toshkent shahri Uchtepa tumanida ota-onasi qaramog'ida yashovchi voyaga yetmagan I. A (2012-yilda tug'ilgan o'g'il bola) shunchaki bolalarcha o'ylovsiz tarzda, kichik yoshli ukasi A. M(2022-yilda tug'ilgan o'g'il bola)ni sho'xligi uchun go'yoki ta'zirini berish maqsadida onlayn platformaga sotuvhaqida (o'zi ochgan akkauntdan...