Tashkent, June 5 -- Prezident Administratsiyasining 2024-yil 13-apreldagi 03-PA2/l-886-sonli hamda O'zbekiston Bosh vazirining 2024-yil 13-apreldagi 27/1-1172-sonli topshiriqlarini ijro etish maqsadida, 2025-yil 3-iyun kuni Toshkent davlat transport universitetida O'zbekiston - Xitoy transport fakultetining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Shohrux Daliyev hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Xitoyning Shensi provinsiyasi delegatsiyasi, jumladan, Shensi provinsiyasi Kompartiyasi viloyat qo'mitasi kotibining o'rinbosari, gubernator Zhao Gang va Changan universiteti partiya qo'mitasi kotibi Chen Zhijian boshchi...