Tashkent, June 17 -- Noqonuniy tamaki savdosi bilan shug'ullanib kelgan shaxsdan 736,1 mln so'mlik tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri bo'limi hamda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o'tkazilgan.

Unda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug'ullanib kelgan A.X. "Monza" rusumli avtomashinasida xorijda ishlab chiqarilgan "Ubbc" hamda "Velo" nomli tamaki mahsulotlarini fuqaro S.O.ga o'tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlanib, A.X.ning ko'rsatuvlariga asosan davom etgan tadbirda Toshkent shahri, Mirobod va Chilonzor tumanlaridagi 2 ta savdo do'koni hamda 2 ta xonadondan umumiy bahosi 736,1 mln so'mli...