Tashkent, May 15 -- "Xavfsiz va sog'lom yurt" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent shahrida katta miqdordagi giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug'ullanib kelgan 2 nafar shaxs faoliyatiga chek qo'yildi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida Onix rusumli avtomobil salonidan 81 dona turli o'ramlardagi oq rangli, o'tkir hidli kukunsimon moddalar borligi aniqlangan va ushbu ashyolar dalillar xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib olin...