Tashkent, April 20 -- Toshkentning Shayxontohur tumanida pichoq bilan odamlarga tahdid qilgan fuqaro javobgarlikka tortildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkakning liftda yosh bolaga qo'l ko'targani, ko'chada fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgani tasvirlangan videolar tarqaldi.

IIBB ma'lumotlariga ko'ra, 18 aprel kuni soat 19:40 larda Shayxontohur tumani Sebzor ko'chasida joylashgan avtoturargohlardan birida o'rnatilgan tashvish tugmasi bosilgani haqida Toshkent shahar IIBB Qo'riqlash boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan IIO xodimlari tomonidan aniqlanishicha, 1958 yilda tug'ilgan X.S. mast holatda bo'la turib, avtoturargoh qorovuli va boshqa ...