Tashkent, May 16 -- 15 may kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan buzilayotgan binoda yong'in sodir bo'ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, soat 14:24 da Mirobod tumani Oltinko'l ko'chasida joylashgan buzilayotgan binoda yong'in bo'layotgani to'g'risida boshqarmaga xabar kelib tushgan. Xabarga asosan 14:36 da yong'in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong'in 14:52 da o'chirilgan.
Bildirilishicha, ushbu manzilda buzilayotgan binoda bitum va qurilish chiqindilari yonganligi aniqlangan. Yong'in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo'q.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.