Tashkent, June 24 -- Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 11 yoshli qizning elektr toki urishi oqibatida vafot etgani aks etgan video tarqalgan edi.

Toshkent shahar IIBB 30 may kuni taxminan soat 18:00 da poytaxtning Mirobod tumanida fojia sodir bo'lgani - 11 yoshli qiz vafot etgani haqida xabar berdi.

O'smir bolalar maydonchasida ishchilar tomonidan qoldirilgan temir narvon yordamida ukasining o'yinchog'ini olish uchun savdo do'konining tom qismiga chiqqan.

U tomdan pastga tushayotganda tom qismining yonidan o'tgan elektr simiga tegib ketgan, va tok urushi natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 257-moddasi 2-qismi "a" bandi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o'lishiga sabab bo'lsa) bilan jinoyat is...