Tashkent, June 18 -- Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida rejalashtirilgan qurilish va jamoat transporti loyihalari taqdimoti bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.

Taqdimotda Magic City ko'ngilochar bog'i va Humo Arena muz saroyi yaqinida qiymati $461 mln bo'lgan yirik turar-joy majmuasini qurish taklif qilindi. Bu haqda Spot e'tibor qaratgan O'zbekiston 24 telekanali lavhasidan ma'lum bo'ldi.

Bo'rijar kanali bo'yida joylashishi mumkin bo'lgan loyihaning tashabbuskori Tashkent Invest kompaniyasi hisoblanadi.

Loyiha doirasida 9216 nafar aholiga mo'ljallangan 2304 ta xonadon qurilishi ko'zda tutilgan. Eng baland inshoot 30 qavatdan iborat bo'ladi. Loyiha zilzilabardoshlik (9 ballgacha) va gidrogeologiya bo'yicha ijobiy xulos...