Tashkent, April 19 -- Toshkent viloyati hokimining ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligini kamaytirish to'g'risidagi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, bu bilan hududlardagi avtomobil yo'llarida yo'l-transport hodisalarining oldini olish, ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligini kamaytirish maqsad qilingan.

Hokim qarori bilan Toshkent viloyati YHXBning viloyat hududida joylashgan 37 ta yo'l qismlaridagi ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligini soatiga 100 kilometrdan 80 kilometrgacha kamaytirish to'g'risidagi taklifi ma'qullandi.

Viloyat avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi mashinalar tezligi kamaytirilayotgan hududlardan tashqarida joylashgan umumiy foy...