Tashkent, May 28 -- "O'zenergoinspeksiya" Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Parkent tumani "Qoraqalpoq" MFYda joylashgan "N. O. P." MChJga qarashli AYOQShda sotilayotgan AI-80 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo'yicha hisob-kitob qilinib, 16,3 mln so'm miqdorida iqtisodiy sanksiya qo'llanildi.

Bu kabi holat Bo'stonliq tumani "Novobot" MFYdagi "S. P." MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchasida ham AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi ma'lum bo'ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuz...