Tashkent, June 13 -- Toshkent viloyati hokimligi "og'ir" va "qizil" toifaga kiruvchi 300 ta mahallaga kichik quyosh fotoelektr stansiyalari qurilishini ma'lum qildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, O'zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va chekka hududlarni barqaror elektr ta'minoti bilan ta'minlash maqsadida yangi loyiha amalga oshirilmoqda. Toshkent viloyatidagi 300 ta mahallaga kichik quyosh fotoelektr stansiyalari qurilishi hokimning qarorida bayon etilgan.

Loyihaning dastlabki bosqichida Oqqo'rg'on tumanidagi "Yoshlik", "Zarbdor" va "Ertamg'ali" mahallalarida kooperatsiya asosida quvvati 180 kVt dan 500 kVt gacha bo'lgan quyosh fotoelektr stansiyalari qurilishi rejalashtirilgan. Us...