Tashkent, June 21 -- Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumanida fuqaro hojatxonaga tushib ketgan bolani chiqarib oldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
17-iyun kuni soat 14:10 da Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumani Bunyodkor mahallasi Izzat ko'chasidagi xonadonlardan birida yashovchi ayol hovlisidagi hojatxonaga farzandi tushib ketganini ko'rib, yordam chaqirgan.
Ayolning chaqirig'ini qo'shnisi eshitgan va voqea joyiga yetib borib, bolani chiqarib olgan.
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi unga minnatdorlik bildirdi. Qahramon fuqaroga tashakkurnoma va esdalik sovg'asi topshirildi.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.