Tashkent, June 24 -- Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yo'li yo'nalishidagi 14 ta bekatdan iborat "Texnopark - Qipchoq" bekatlari va bekatlar oralig'i bir necha yildan buyon yo'lovchilarga xizmat ko'rsatib kelmoqda.

Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yo'nalishlarida metro poyezdlar harakati va yo'lovchilar xavfsizligini ta'minlash hamda sifatli xizmat ko'rsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari ma'lum muddat foydalangandan so'ng, rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish lozim.

Shu munosabat bilan Yer usti halqa yo'li yo'nalishining "Texnopark - Qipchoq" bekatlari oralig'ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo'ljallangan rejali profilaktik ishlari amalga oshirilmoqda.

Rejali profilaktik i...