Tashkent, May 19 -- Shavkat Mirziyoyevga Toshkent metropolitenini rivojlantirish bo'yicha rejadagi loyihalar yuzasidan axborot berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Poytaxtimiz jamoat transportida metropolitenning o'rni juda katta. Yo'lovchilarga qulayliklarni oshirish maqsadida yangi yo'nalishlar qurilmoqda. Yunusobod yo'li Turkiston bekatigacha, Chilonzor yo'li Sergeli tumanigacha uzaytirildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Toshkentda yerusti metrosi ham paydo bo'ldi - Do'stlik bekatidan Sergeligacha bo'lgan yerusti halqasi barpo etildi. Bu yangi yo'nalishlar poytaxtimizning Yunusobod, Yashnobod, Bektemir, Mirobod, Sergeli va Yangihayot tumanlarini bog'lab, aholining kundalik qatnoviga katta qulaylik yaratdi.

E...