Tashkent, April 25 -- 2025-yil 1-iyuldan boshlab "Silk Avia" aviakompaniyasi Toshkent - Issiqko'l - Toshkent yo'nalishi bo'yicha mavsumiy aviaqatnovlarni qayta yo'lga qo'yadi.

Parvozlar har kuni amalga oshiriladi va safar vaqti atigi 2 soatni tashkil etadi.

Bu Qirg'izistonning eng go'zal kurort hududlaridan biriga qulay sayohat qilish imkoniyatidir. Chiptalarni silk-avia.com rasmiy veb-sayti, "Silk Avia" mobil ilovasi orqali, O'zbekiston Respublikasining barcha xalqaro aeroportlarida, shuningdek, "Uzbekistan Airways Sales" filiallarida xarid qilish mumkin.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....