Tashkent, April 25 -- Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida Tokio Xorijiy tillar universitetida Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag'ishlangan ilmiy-ma'rifiy anjuman o'tkazildi.

Tadbirda Yaponiya akademik doiralari vakillari, universitet talabalari, o'zbek adabiyoti ixlosmandlar, shuningdek, O'zbekiston va Turkiyadan kelgan yetakchi olimlar va boshqalar ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga Behbudiy faoliya, xususan zamonaviy maktablar tashkil etish, matbuot va teatr san'atini rivojlantirishdagi xizmatlari haqida ma'lumot berildi.

Ma'ruzalardan so'ng ishtirokchilar o'zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Tadbir doirasida "Mahmudxo'ja Be...