Tashkent, May 16 -- Tokio politsiyasi Shibuya tumanida o'g'irlik va talonchilik sodir etganlikda gumon qilib, 20 va undan katta yoshdagi besh nafar o'zbekistonlik erkakni hibsga oldi, deb xabar bermoqda Japan Today NTV telekanaliga tayanib.

Gumonlanuvchilar o'tgan yilning 30 dekabr kuni ertalab soat 5:30 lar atrofida uch nafar chet ellik bilan mushtlashuv uyushtirish, so'ngra qiymati 210 ming iyena (taxminan 1500 dollar) bo'lgan hamyon va sumkalarini o'g'irlash bo'yicha til biriktirganlikda ayblanmoqda. Aytilishicha, ular erkaklardan birining yuziga tepib, tan jarohati yetkazgan.

Politsiya ma'lum qilishicha, to'rt nafari noqonuniy ravishda Yaponiyada bo'lgan guruh mast odamlardan o'g'irlangan kredit kartalari yordamida sotib olingan sma...