Tashkent, June 14 -- Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo'yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi, 1990 y.t. fuqaro 49 kg 599 gr "opiy" moddasini o'zining boshqaruvida bo'lgan DAF rusumli yuk avtomashinasining yukxonasidagi xufiyona joyga yashirgan holda Qoraqalpog'iston Respublikasining To'rtko'l tumaniga olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo'li bilan olib kelingan mazkur giyohvandlik vositasi kelgusida Xorazm viloyati hududida sotilishi rejalashtirilganligi maʼlum bo'ldi.

Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasining 2-qism...