Tashkent, June 1 -- Tojikistondan O'zbekistonga 16 kilo giyohvandlik vositasi keltirgan shaxs 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

2024-yilning 12-noyabr kuni DXX xodimlari tomonidan Namangan viloyatida o'tkazilgan tezkor tadbirda, Pop tumani hududida harakatlanayotgan Lacetti to'xtatilib, tekshirilganda, unda yo'lovchi sifatida ketayotgan, Farg'ona viloyatining Dang'ara tumanida yashovchi, 1984-yilda tug'ilgan fuqaro yuk sumkasida 3 kilo 887 gramm opiy va 9 kilogramm 839 gramm gashish moddalari topilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, u Tojikiston fuqarosi bilan o'zaro til biriktirib, qo'shni davlatdan giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilish hamda sotib,...