Tashkent, April 21 -- O'zbekistonning Estoniyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Riga shahrida joylashgan) Timur Rahmonov 16-aprel kuni ushbu davlat Prezidenti Alar Karisga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Rasmiy tadbirdan so'ng o'tkazilgan muloqot chog'ida Estoniya Prezidenti O'zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar rivojlanib borayotganini yuksak baholadi va ushbu yo'nalishlarda hamkorlikni yana-da rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Shuningdek, Estoniya yetakchisi O'zbekistonning mintaqadagi yetakchi davlatga aylanganini alohida ta'kidladi. Xususan, u O'zbekiston yetakchisining mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, jumladan, ko'p yillar davomida mojarolarga saba...