Tashkent, May 4 -- Irlandiyaning ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha komissiyasi Xitoyning ByteDance kompaniyasini (TikTok egasi) Yevropa Ittifoqining shaxsiy ma'lumotlar qoidalarini buzgani uchun 530 million yevro miqdorida jarimaga tortdi.

Reuters xabariga ko'ra, ByteDance xitoylik xodimlarning Yevropa Ittifoqi foydalanuvchilari ma'lumotlariga kirishini cheklaganini isbotlay olmagan. Yevropa qonunchiligiga ko'ra esa ma'lumotlar mintaqada saqlanishi lozim.

Kompaniyaga olti oy ichida ma'lumotlarni qayta ishlashni Yevropa Ittifoqi qonunlariga muvofiqlashtirish buyurildi.

ByteDance vakillari qarorga qarshi chiqish niyatida. Ularning ta'kidlashicha, qarorda 2023 yilda joriy qilingan xavfsizlik choralari hisobga olinmagan.

Kompaniya tush...