Tashkent, May 23 -- Iyun oyida O'zbekiston terma jamoasini ikkita muhim bahs kutib turibdi. Temur Kapadze jamoasi Jahon chempionati saralashi doirasidagi so'nggi ikki bahsni o'tkazadi: jamoa dastlab, safarda BAAga qarshi o'ynasa, keyin Toshkentda Qatarni sinovdan o'tkazadi. Mazkur bahslar oldidan O'zbekiston terma jamoasi ustozi Temur Kapadze O'zbekiston Milliy axborot agentligiga intervyu berib, oldindagi bahslar haqida to'xtaldi.

BAA bilan o'yinga tayyorgarlik

Jamoa 28-may kuni Toshkentda yig'iladi va ertasi kuni Dubayga uchib ketamiz. Toshkentda bir kun mashg'ulot o'tkazamiz. Yig'inning ilk kunlarida jamoa to'liq bo'lmaydi, chunki Abbosbek Fayzullayev "SSKA" bilan Rossiya Kubogi superfinaliga chiqdi. Ular 1-iyun kuni "Rostov"ga qarsh...