Tashkent, May 27 -- Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-may kuni temir yo'llarni rivojlantirish chora-tadbirlari bo'yicha taqdimot bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 10-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, bu soha tubdan isloh qilinmoqda. "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati tarkibiy jihatdan o'zgartirilib, nosohaviy bino, yondosh yer va ortiqcha vazifalar qisqartirildi. Natijada ilgari zarar bilan ishlagan kompaniya o'tgan yili 47 milliard so'm sof foyda bilan chiqdi. "Temiryo'lkargo" kompaniyasi tashkil etilgach, yuk vagonlaridan foydalanish samaradorligi 2 karra oshdi.

Lekin hali imkoniyatlar ko'p. Taqdimotda soha infratuzilmasini rivojlantirish va daromadni oshirish vazifalari ko'rsatib o'tildi.

Xususan, tranzit yuk...