Tashkent, May 9 -- AQSh tarixida birinchi marta sun'iy intellekt (SI) o'lgan shaxsga o'z qotiliga hukm o'qilishi chog'ida sudda so'zlash imkonini berdi. Arizonada 2021 yilda yo'l-transport hodisasi oqibatida yuzaga kelgan janjalda otib o'ldirilgan Kristofer Pelki oilasi uning nomidan videomurojaat yaratish uchun sun'iy intellektdan foydalandi.

Tashabbus Kristoferning singlisi Steysi Uels tomonidan ilgari surildi, u eri va dugonasi (ikkalasi ham sun'iy intellekt bo'yicha mutaxassis) bilan birgalikda videoni tayyorladi.

Murojaatda Pelki o'z qotili Gabriel Xorkasitasni kechirganini ma'lum qildi.

Meni otib o'ldirgan Gabriel Xorkasitas bu qilmishidan chuqur afsusda, balki boshqa hayotda biz do'st bo'lishimiz mumkin edi. Men kechirimli bo'li...