Tashkent, May 24 -- 24 may kuni Tailandda Bell 212 rusumidagi politsiya vertolyoti qulab tushdi. Oqibatda 3 kishi halok bo'ldi. Bu haqda "Matichon online" gazetasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, hodisa Prachuapkxirikxan viloyatida, dam olish maskani bo'lgan Xuaxin shahridan 40 km janubda yuz bergan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, bir kishi parashyut bilan sakrab chiqib, omon qolishga muvaffaq bo'lgan.

Hodisaning sabablari yuzasidan hozirda tergov jarayonlari ketmoqda.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....