Tashkent, May 2 -- Tailand Qirolligi Myanmadagi firibgarlik qurboni bo'lgan to'qqiz nafar MDH mamlakatlari fuqarosiga o'z vataniga qaytishda ko'maklashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi haftalik brifingida ma'lum qilindi, deya xabar bermoqda TASS agentligi.

Tailand TIV axborot departamenti bosh direktori va matbuot kotibi Nikondet Palangkun ma'lum qilishicha, 29-aprel holatiga ko'ra, Tailand tomoni Myanmadan kamida 9237 nafar qutqarilgan chet el fuqarosini qabul qilgan, ulardan 7520 nafari allaqachon vataniga qaytarilgan.

Matbuot kotibining so'zlariga ko'ra, yaqin kelajakda yana taxminan 20 mamlakat vakillari bo'lgan 1,7 ming kishi Myanmadan Tailandga kelishi kutilmoqda.

Tailand fevral oyida Myanmaning firibgarlik qo'ng'iroq markazla...