Tashkent, May 19 -- 16-may kuni prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Xususan, Soliq kodeksiga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, pivo va pivo ichimlimklari, shuningdek, tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'imlar yig'im turlari jumlasiga kiritildi.

Shuningdek, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish faoliyati soliq organlarini xabardor qilgan holda amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro'yxatiga kiritildi.

2027-yilgacha markirovkani o'qish qurilmalarini sotib olish xarajatlari summasiga hisoblangan va to'lanishi lozim bo'lgan foyda solig'i, aylanmadan olinadigan soliq yoki YTTlar tomonidan to'lanadigan JShODS summalarini kamay...