Tashkent, June 18 -- 18 iyun kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yonib ketgan 3 gektar yer vertolyot va dronlar yordamida o'chirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 17 iyun kuni soat 17:45 da Surxondaryo viloyati FVBga Boysun tumani Kengdala o'rmon xo'jaligi bo'limiga qarashli archazorlarga tutash hududda quruq o'tlar yonganligi bo'yicha xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan zudlik bilan yong'in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, tegishli xizmatlar va ko'ngillilar hamkorligidagi harakatlar natijasida 3 gektar maydondagi yong'in o'chog'i 18 iyun kuni soat 07:10 da bartaraf etilib, keng maydonlarga tarqalishining oldi olindi.

Yong'inni bartaraf etishga viloyat FVBdan 85 naf...