Tashkent, May 24 -- IIV qayd etishicha, ular "Qora dori 2025" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida qo'lga olingan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksi 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o'tkazish maqsadini ko'zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o'tkazish) beshinchi qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Shuningdek, Toshkent viloyati Ohangaron shahrida ikki kishi 500 gramm opiy giyohvandlik vositasini 25 ming dollarga sotayotganida daliliy ashyolar bilan qo'lga olindi. Tezkor tadbir davom ettirilib, gumonlanuvchilarga tegishli buyumlar ko'zdan...