Tashkent, June 11 -- Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani tog' va adirliklariga sel keldi. Bu haqda "O'zgidromet" xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 11-iyun soat 12:50 larda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani tog' va adirliklarida kuzatilgan jala yomg'ir natijasida sel kelgan. Kelgan sel "Xonjiza" MFY Xojiasmin qishlog'iga olib chiquvchi ichki yo'lning ma'lum qismiga tosh va shag'al uyumlarini chiqarib tashlagani aniqlangan.

Sariosiyoda yog'ingarchilik miqdori 5.00 mm bo'lgan. Hozircha hech qanday talafot kuzatilmagan.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....