Tashkent, May 15 -- Soliq qo'mitasi fuqarolarning elektron pochtalariga soliq qarzi mavjudligi va uni to'lash zarurligi haqidagi xabarlarni firibgarlar yuborayotganidan ogohlantirdi.

Bildirilishicha, soliq organlari soliq to'lovchilarga elektron hujjatlarni faqat my.soliq.uz va my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali yuboradi.

Qayd etilishicha, hisoblangan soliqlar va qarzdorlik haqidagi barcha ma'lumotlar real vaqt rejimida shaxsiy kabinetda va Soliq mobil ilovasida mavjud.

Shuningdek, qo'mita agar savollar yuzaga kelsa, soliq to'lovchilar o'zlariga biriktirilgan soliq inspektoriga murojaat qilishlari mumkinligi haqida ham qo'shimcha qilgan.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....