Tashkent, May 29 -- Turizm qo'mitasi raisi Umid Shadiyev Sochi shahrida Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan uchrashdi.

Sayyohlik almashinuvini kengaytirish, jumladan milliy turistik mahsulotlarini targ'ib qilish, Rossiya tomonining O'zbekistonda amalga oshirilayotgan sayyohlik va infratuzilma loyihalarida ishtiroki masalalari muhokama etildi.

Fuqarolarning o'zaro tashrif buyurishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, biznes-turizm yo'nalishida hamkorlik o'rnatish hamda yirik kompaniyalar xodimlari uchun maxsus sayyohlik takliflarini ishlab chiqish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. O'zbekistonning turistik hududlariga sarmoyalarni jalb etish mexanizmlari va Rossiya hamda O'zbekiston turoperato...