Tashkent, June 9 -- 9 iyun kuni Ko'ksaroy qarorgohida O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoni rasmiy kutib olish marosimi bo'ldi. Bu haqda O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.Harbiy orkestr ijrosida O'zbekiston va Slovakiya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o'tib, rasmiy delegatsiyalar a'zolarini qutladi.Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.