Tashkent, May 18 -- Boyovut tumani IIB boshlig'i o'rinbosari - jamoat xavfsizligi bo'limi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan Jahongir Hasanboyevga sud hukmi o'qildi. U pora olganlikda ayblangan, deya yozmoqda Kun.uz.

Qayd etilishicha, Jahongir Hasanboyev 2005 yildan Sirdaryo viloyati IIB tizimida ishlab kelgan. U 2024 yil may oyidan qamoqqa olingunga qadar esa Boyovut tumani IIB boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Jahongir Hasanboyev tuman IIB tergov bo'limi ish yurituvidagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o'yinlar tashkil etish holati bilan bog'liq jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchilarga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llamaslikni ta'minlab berishni va'da qilgan. U ushbu "xizmati" uchun 10 ming AQSh do...