Tashkent, April 19 -- Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumanida bir necha bor o'g'rilik jinoyatini sodir etgan jinoiy guruh qo'lga olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Sirdaryo tumanida yashovchi fuqaro tanishi bilan til biriktirib, 27 fevral kuni Oqoltin tumanida joylashgan kompyuter qismlari savdosi bilan shug'ullanuvchi do'konga yashirincha kirib, 51 mln 160 ming so'mlik tovarlarni o'g'irlab ketgan. So'ngra ushbu buyumlarni arzon narx evaziga sotib yuborgan.

Shuningdek, ular 13 mart kuni Oqoltin tumanidagi boshqa kompyuter qismlari do'koniga yashirincha kirib, 43 mln 90 ming so'mlik tovarlarni o'g'irlab, o'z tanishlariga sotib yuborgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida mazkur jinoyatni sodi...