Tashkent, May 5 -- Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni Sirdaryo viloyatida qishloq xo'jaligi sohasidagi ishlarni yangi yondashuvlar asosida tashkil etish bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.

Sirdaryo viloyati hudud jihatidan kichik bo'lsa-da, aslida, qishloq xo'jaligida katta salohiyatga ega. Asosiy maydonlar daryo va kanallar bo'yida joylashgan, aholisi mehnatkash, barcha infratuzilma qulay.

Yig'ilishda tumanlardagi manzilli o'rganishlar tahlil qilinib, yangi taklif va rejalar ko'rib chiqildi.

Ekinlarni yerlarning tuproq-iqlim xususiyatidan kelib chiqib yetishtirish, cho'l hududlarda g'alla, sabzavot va kartoshka hosildorligini oshirish bo'yicha takliflar bildirildi.

Sug'orish tarmoqlarini ta'mirlab, ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta...