Tashkent, May 6 -- Shuhratbek Qurbonov TBC Bank boshqaruvi raisining biznes segmentidagi to'lovlarni rivojlantirish va ularga xizmat ko'rsatish bo'yicha maslahatchisi etib tayinlandi, deb xabar qildi raqamli bank matbuot xizmati.

Shuhratbek Qurbonov so'nggi olti yil davomida Humo to'lov tizimining operatori bo'lgan Milliy banklararo protsessing markazini (MBPM) boshqargan.

TBC ushbu tayinlanishni "kompaniyaning O'zbekistonda kichik va o'rta biznes (KO'B) uchun moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish yo'lidagi yana bir muhim qadam" deb atadi. O'tgan yili kompaniya O'zbekistondagi KO'B uchun birinchi to'liq raqamli bank xizmati bo'lgan TBC Business platformasini ishga tushirgandi, bu esa barcha bank va tegishli operatsiyalarni masofadan bosh...