Tashkent, May 11 -- Shri-Lankada avtobus jarlikka tushib ketishi oqibatida 21 kishi halok bo'ldi. Bu haqda politsiyaga tayanib mahalliy Adaderana portal xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida kamida 35 kishi jarohat olgan. Ular Nuvara-Eliya va Kotmaledagi shifoxonalarga yetkazilgan.

YTHda halok bo'lganlar shaxsi hozircha aniqlanmagan.

Yo'l-transport hodisasi Shri-Lankaning Markaziy provinsiyasidagi Kotmale hududida sodir bo'lgan. Mamlakat Transport kengashiga tegishli avtobus janubiy Kataragama ziyoratgohidan Kurunegalaga ketayotganida yo'ldan chiqib, qariyb 100 metr balandlikdan qulab tushgan.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....