Tashkent, April 21 -- O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov rimliklar bilan shartnomasini 2027 yilning yoziga qadar uzaytiradi. Bu haqda italiyalik mashhur insayder Nikola Skira ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, shu yilning yanvar oyida Rim klubi o'zbekistonlik futbolchini sotib yubormoqchi bo'lgan va murabbiy Klaudio Raneri uni jamoada saqlab qolgan. Natijada esa Shomurodov jamoasi uchun muhim gollarni kiritib kelmoqda.
Ma'lumot o'rnida, rimliklar safiga 2021 yilda kelib qo'shilgan. Joriy mavsum u klub safida barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.
Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....
Click here to read full article from source
To read the full article or to get the complete feed from this publication, please
Contact Us.