Tashkent, June 23 -- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

- Bekzot Mardonovich Mavlonov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

- Aziz Yuldashevich Magrupov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimidan ozod etildi.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....