Tashkent, May 20 -- Budapeshtdagi Karmelita saroyida O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo'lib o'tdi. Muzokaralarda O'zbekiston-Vengriya strategik sheriklik va ko'p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko'rib chiqildi.

Amaliy hamkorlik barcha yo'nalishlarda izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlar, hukumatlar, idora va hududlar darajasida samarali aloqalar yo'lga qo'yilgan. BMT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlik qilinmoqda.

O'zaro savdo hajmi ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yetakchi korxonalarning kooper...