Tashkent, June 24 -- Mo'g'uliston Davlat saroyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo'lib o'tdi.

Uchrashuv avvalida davlat rahbari Mo'g'uliston yetakchisiga samimiy qabul hamda ushbu mamlakatga javob davlat tashrifi bilan kelish taklifi uchun minnatdorlik bildirdi.

Ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchisi bo'lgan ushbu tashrif ko'p qirrali O'zbekiston-Mo'g'uliston aloqalarini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berishi alohida ta'kidlandi. O'zbekiston Prezidenti Mo'g'uliston tomonini yaqinlashib kelayotgan Xalq inqilobi kuni bilan ham tabrikladi.

O'zbekiston-Mo'g'uliston do'stlik va ko'p ...