Tashkent, May 15 -- 15 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezindet matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida Yilmaz O'zbekiston rahbariga Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko'rib chiqildi. Turli darajalarda faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bugun Toshkent shahrida o'tgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig'ilishi, biznes muloqoti va ko'rgazm...