Tashkent, May 21 -- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Budapesht shahrida bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban raisligida o'tgan tadbirda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an hamda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ham qatnashdi.

Kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi ko'p qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari so'zining av...