Tashkent, June 7 -- Mamlakatimiz qishloq xo'jaligi sohasi og'ir judolikka uchradi. Taniqli fermer, "Azim Shofirkon yulduzi" fermer xo'jaligining raisi, jamoat arbobi, O'zbekiston Qahramoni Azim Shukurovich Latipov shu yil 6-iyunda74 yoshida vafot etdi.

Azim Latipov 1951-yil 5-iyunda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug'ildi. O'rta maktabni, keyinchalik Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash texnikumini tugatgach, mehnat faoliyatini Shofirkon tumanidagi "Buxoro" jamoa xo'jaligida mexanik sifatida boshladi va ko'p yillar davomida mazkur xo'jalikda brigada boshlig'i lavozimida samarali ish olib bordi.

O'zining butun ongli hayoti va mehnat faoliyatini mamlakatimiz qishloq xo'jaligi rivojiga bag'ishlagan mehnatka...