Tashkent, April 21 -- Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni maktab ta'limi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

"O'zbekiston - 2030" strategiyasida ta'lim tizimi islohotlari ustuvor yo'nalishlardan biri etib belgilangan. Bu yilgi davlat dasturida ham maktablarda sharoitlarni yaxshilash, yosh avlodni bilimli etib tarbiyalash bo'yicha ko'plab vazifalar qo'yilgan.

Bu, ko'p jihatdan, o'qituvchilarning bilim va malakasiga bog'liq. Yurtimizda 15 ta davlat va 61 ta nodavlat oliygohida pedagogika yo'nalishi bor. Lekin ulardagi ilmiy salohiyat atigi 40 foiz atrofida.

Qabullarning katta qismini ijtimoiy yo'nalishlar tashkil etadi. Aniq va tabiiy fanlar bo'yicha pedagoglar ta...